ABU TAMMOM

ABU TAMMOM (taxminan 796, Damashq – 843, Mosul) — Arab shoiri. Asosan qasida yozgan. Arab she’riyatidagi «Qadimga qaytish» harakatining asoschilaridan. Abu Tammom o’z davrida xalq ijodi asosida turli she’riy to’plamlar, tazkiralar ham yaratgan. 7 ta tazkirasi ma’lum. Bizgacha «Kitob ul-Hamosa» («Jasorat kitobi») va «An-naqoid jorir va al-Axtal» («Jarir va al-Axtalning hajviyalari») asarlari yetib kelgan. Beruniy o’z asarlarida uning she’rlaridan ko’plab namunalar keltirgan va she’r yozish uslubini tahlil qilib, «Qofiyat al-alif min al itmom Fi she’r Abu Tammom» («Abu Tammom she’rlaridagi alif qofiyasi sharhi») nomli sharh yozgan.