ABUBAKIROV
ABUBAKIROV Noil Qodirovich (1919.30.5, Qo’qon – 1998.6.12, Toshkent) — kimyogar olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1979). Kimyo fanlari Doktori (1961), professor. (1964), O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1941). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi kimyo institutida ilmiy xodim (1946-56), o’simlik moddalari kimyosi institutida director o’rinbosari (1956-65, 1980— 83), shu institut glikozidlar kimyosi laboratoyasi mudiri (1956 90), 1990 yildan bosh ilmiy xodim. Abubakirov rahbarligida yurak glikozidlari — strofantin va uzargenlar sintez qilindi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967).