ABULFAZL BAL’AMIY

ABULFAZL BAL’AMIY Muhammad ibn Ubaydulloh (? – 940) — Somoniylar vaziri. U mamlakat obodonchiligi va ilm-fan rivoji yo’lida muhim ishlar qilgan, olim va shoirlarni o’z himoyasiga olgan. Istaxrishpsht yozishicha, Abulfazl Bal’amiy Marv va Buxoroda ko’p binolar qurdirgan. Shuning uchun «Shayx ul-Jalil» («Ulug’ Shayx») nomiga sazovor bo’lgan. Abulfazl Bal’amiyga juda ko’p zamondosh shoirlar madhiyalar yozgan. Abulfazl Bal’amiy Rudakiy bilan ayniqsa yaqin munosabatda bo’lgan.