ABULFATH ALOUDDIN MUHAMMAD
ABULFATH ALOUDDIN MUHAMMAD ibn Abdulhamid Usmandiy Samarqandiy (?-1157) — fiqx olimi. Uning Abu Muhammad ibn alhasan ash-Shayboniyning «Jomi’alkabir» («Katta to’plam») kitobiga yozgan «Sharh ul-Jomi’al-Kabir» («Jomi’ al-Kabirning sharhi») nomli bir necha jildli asarining 1-jildi bizgacha yetib kelgan bo’lib, u «Kitob ul-imon» («Imon haqida kitob»), «Kitob un-nikoh» («Nikoh haqida kitob»), «Kitob ushshahodat» («Shahodat kitobi»), «Kitob ul-qazo» («Hukm kitobi») kabi sakkiz bobga bo’linadi. Mazkur asarning kotib Ahmad ibn Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Samarqandiy tomonidan 1361yilda ko’chirilgan Nodir qo’lyozma nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. №5558) saqlanadi.