AVANKAMERA

AVANKAMERA, oldkamera — ichki yonuv dvigateli tsilindrining kallagidagi asosiy yonish kamerasiga bitta yoki bir nechta kanallar orqali birlashtirilgan bo’shliq. Yonilg’i (yoki yonuvchi aralashma) qisman yonadigan Avankamera asosiy kamerada yonuvchi aralashmaning hosil bo’lishini yaxshilaydigan gaz oqimini hosil qiladi. Avankameraga yonilg’ini forsunka purkaydi.