AVNIK

AVNIK, O’nik — Sharqiy Anadoluda, Arzirum shahridan sharqroqdagi qal’a. Ko’satog’etagida joylashgan. Avnik 10— 11 -asr boshlarida armanlarning ani podsholigi davrida barpo qilingan. Amir Temurning dushmani qora Muhammadning istehkomi bo’lgan. Sohibqiron Avnikni «Besh yillik yurishi» (1392-96) paytida, 1394 yil 18 iyunda qamal qilgan va bir yarim oydan so’ng, 1 avgustda zabt etgan. Qal’aga kutvol qilib atalmish Havchin qo’yilgan. Biroq Amir Temur 1395 yil To’xtamishxonga qarshi yurishga ketgan paytda qora Muhammadning o’g’li qora Yusuf fursatdan foydalanib Avnikni egallagan. Amir Temur «Yetti yillik yurish» (1399-1404) paytida 1401 yil qal’ani ikkinchi marta olgan. Ashraf Ahmedov.