AVOGADRO SONI

AVOGADRO SONI (Avogadro doimiysi) (N bilan belgilanadi) — har qanday moddaning 1 mot tarkibidagi molekulalar soni yoki moddaning grammatomidagi atomlar soni. U Avogadro sharafiga shunday atalgan. Fizika va kimyodagi eng muhim universal doimiylardan biri. Avogardo sonini amalda o’lchash usullari juda ko’p. Uni aniqlash moddalarning atom va molekulalardan tuzilganligini hamda atom, molekulalarning mavjudligini isbotlovchi asosiy dalillardan biri bo’lib xizmat qildi. Avogardo soni yordamida ko’pgina fizik doimiylar, masalan, Bolsman doimiysi, Faradey doimiysi va boshqalar aniqlanadi.