AVTOMATIZM

AVTOMATIZM — 1) psixologiyada — insonning ong nazoratisiz bajaradigan harakatlari. Avtomatizm birlamchi va ikkilamchi bo’ladi. Nafas olish, yo’talish, aksa urish kabi o’z-o’zidan bo’ladigan harakatlar birlamchi Avtomatizmdir. Ikkilamchi Avtomatizm dastavval ongli va muntazam harakatlarni mashq qilib takrorlash natijasida paydo bo’ladi (masalan, yurish). Avtomatizm malaka va odatlarni yaratadi. 2) fiziologiyada — organ yoki ayrim hujayralarning tashqi sabablarga bog’lanmay ritmik, davriy yoki nodavriy ishlash qobiliyati (hatto organizmdan ajratib olingan yurak va ichak qovuzlog’ining qisqarishi, ba’zi epiteliy hujayralari «kipriklari»ning hilpillashi, o’simlik hujayralaridagi protoplazma harakati va hokazo).