AGER PUBLIKUS
AGER PUBLIKUS (lotincha ager publicus — jamoat yeri) — qadimgi Rimdagi davlat yer jamgarmasi; rimliklar tomonidan bo’ysundirilgan joylardagi yerlar. Undan foydalanishning turli usullari bo’lgan; ko’p qismini patrisiylar egallab olib, o’z xususiy mulkiga aylantirgan. Llebeylariyant patrisiylarga qarshi kurashining birdan-bir sababi ham Ager publikusni qayta bo’lish va undan foydalanish masalasi edi. Bunday kurash bir qancha agrar qonunlar (masalan, Lisiniy Sekstiy va Grakxlar qonunlari) ni vujudga keltirdi. Imperiya davrida jamoa yerlari qolmadi, viloyatdagi hamma yerlar davlat hisobiga o’tdi.