ADL

ADL (Arabcha — odillik, to’g’rilik) — Islom dinida Alloh sifatlaridan, «Ilohiy adolat»ga e’tiqod qilish — Islom aqidaviy talablaridan biri. Mo’taziliylar Allohning insonlarga odilligi haqidagi tasavvurdan kelib chiqib, inson irodasining erkinligi haqidagi fikrni ilgari surgan. Shialikda — Adl so’zi rasman qabul qilingan beshta aqidadan biri, inson taqdirini belgilashdagi Allohning adolatli hukmi mazmunida qo’llaniladi. Hozirgi zamon Islom ilohiyotida Adl — jamiyatning barcha a’zolariga nisbatan «Ilohiy adolat», ularning «Alloh oldida tengligi» deb talqin etiladi. Shariatda Adl Islom diniy qonunlarining «Ilohiy adolat»ga asoslanganligini ifodalaydi.