AYOZKO’L
AYOZKO’L — Sulton Uvays tog’larining Sharqiy etagidagi ko’l. Ayoz qal’a balandligi (170 metr) va Ko’kcha balandligi (169 metr) oralig’ida. Mutlaq balandligi 91 metr. To’rtko’l va Ellikqal’a tumanlaridan qaytgan zovur suvlari hisobiga 80-yillarning boshlarida vujudga kelgan. Uzunligi 20-25 kilometr, eni 4 kilometr, o’rtacha chuqurligi 1,5—2 metr. Qirg’oqlari va ko’lning bir qismi qamishzorlar bilan band. Suvi tiniq, minerallashuv darajasi 1 l suvda o’rtacha 10-12 gramm va undan ortiq. Baliqchilikda foydalaniladi.