Bo’linish
Bo’linish – pusht rivojlanishidagi boshlang’ich bosqichlarda tuxumhujayraning bir tekis ketma-ket bo’linishi. Bunda tuxumhujayra kattaligi o’zgarmagan holda juda ko’p mayda hujayralar – blastomerlarga ajraladi. Barcha ko’p hujayrali hayvonlar ontogeneziga xos.