AYMEDOVA

AYMEDOVA Maygo’zal (1941.28.5) – turkman aktrisasi. 1964 y.dan Ashxobod yosh tomoshabinlar teatrida. 1961 yildan filmlarda suratga tushgan. Eng yaxshi rollari: Jahon («Toshqal’adagi hodisa»), Og’ulkiyik («Kelin»), Ortiqgul («Ayol otni egarlaganda»), Oqjamol («Yo’q! deyishni bil»), Jamol («Jamol daraxti») va boshqalar.