AKIF

AKIF (Akif) Mexmet (taxallusi; asl ismi Ersoy, Mulla surat ismi bilan ham tanilgan) (1873 — Istanbul — 1936.27.12) — turk shoiri, publitsist. 1925-35 yillarda Qohirada yashagan, turk adabiyotidan daryo bergan. «Zarralar» (1911), «Sulaymoniya kafedrasida» (1912), «Fotih kafedrasida» (1914), «Xotiralar» (1917), «Asim» (1919), «Soyalar» (1933) asarlarini yaratgan. Ulardagi she’rlari asosan aruzda yozilgan bo’lib, liro-epik va liro-didaktik tavsifda. Akif o’z asarlarida ko’proq ijtimoiy muammolarga e’tiborini qaratadi, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga da’vat etadi. Turkiya «Mustaqillik gimni» (1921) ning muallifi.