AKRIDIN BO’YOQLAR
AKRIDIN BO’YOQLAR – akridinning yoki 9-fenilakridinning auksoxrom guruhli (on, NH2, SH va b.) hosilalari. Aromatik m-diaminlarni aldegidlar bilan kondensatsiya qilib, halqalantirib va oksidlab olinadi. Asosli bo’yoqlar jumlasidan; qo’ng’ir, sariq va boshqa ranglarda bo’ladi. Akridin bo’yoqlar teri, qog’oz, yog’och va boshqalarni bo’yashda ishlatiladi.