AKTIVLANISH ENERGIYASI

AKTIVLANISH ENERGIYASI – molekulalarni faol holatga o’tkazish uchun sarflanadigan energiya. O’lchov birligi j/mol. Molekulani aktivlash uchun unga yuqori temperatura, ultratovush, nur energiyasi yoki katalizator ta’sir ettiriladi. Har bir reaktsiyaning uziga xos Aktivlanish energiyasi (E) mavjud. Bunday energiyaga ega bo’lgan molekulalar (atomlar, radikallar) to’qnashgandagina reaktsiya sodir bo’ladi.