AKTINOMETR
AKTINOMETR (aktino… va metr) — Quyoshdan bevosita keluvchi radiasiya jadalligini ulchaydigan asbob. Ishlash tarzi tushayotgan radiasiyaning qoraytirilgan sirtga yutilishiga va nur energiyasining issiqlik energiyasiga aylanishiga asoslangan. Bunday Aktinometrlarda radiatsiyani qabul qiluvchisi sifatida qoraga bo’yalgan yupqa metall bo’lagi (plastinka) ishlatiladi. Yutilgan radiatsiya issiqligini bir necha usul bilan, masalan, radiatsiya ta’sirida asbob qabul qiluvchisi temperaturasining oshish qiymatini (kumush diskli Aktinometr), qabul qiluvchi bilan uning atrofidagi muhit temperaturasi orasidagi farq natijasida hosil bo’luvchi termotokni (Yanishevskiy termoustuni, moll Aktinometri), bimetall plastinkaning quyosh nuri ta’sirida deformasiyalanish kattaligini (Mixelson Aktinometri) o’lchab topiladi. No’rning ayrim spektri (rangi) quvvatini o’lchashda fotokimyoviy, fotoelektrik hamda fotografik kabi selektiv usullar ishlatiladi. Bir necha nur filtrlari bilan ta’minlangan Aktinometr ham shu maqsadda qo’llaniladi.