AKTSIYA KURSI
AKTSIYA KURSI — aktsiyaning bozor narxi. Aktsiya kursi aktsiya keltiradigan dividend miqdoriga to’g’ri mutanosib va bank foizi darajasiga teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Aktsiya kursi aktsiya nominalidan (aktsiyada ko’rsatilgan summadan) yuqori yoki past bo’lib, bu talab va taklifga bog’liq. Aktsiya kursini emitent emas, bozor belgilaydi. Aktsiya kursi tez o’zgarib turadi. U quyidagicha belgilanadi: dividend, VR — bank foizi. Aktsiya narxining birjada belgilanishi birja kotirovkasi deyiladi.