ALDAN TOG’LIGI
ALDAN TOG’LIGI — Sharqiy Sibirdagi tog’lik, Saxa (Yakutiya)ning Janubda. Stanovoy tizmasidan shimolroqda, Olyokma va uchur daryolari oralig’ida, o’rtacha balandligi 800-1000 metr bo’lgan yassi qirlar ko’p, ularning orasidan balandligi 1400-2000 metr keladigan ayrim-ayrim tog’ tizmalari (maksimal balandligi 2306 metr) ko’tarilib turadi. Asosan arxey va proterozoy gneyslari va kristalli slaneslardan tuzilgan. 1100 1300 metr balandlikkacha qarag’aytilog’och o’rmonlari va tog’tilog’och taygasi, undan yuqorida kedr chakalaklari uchraydi. Yalangoch tog’ tepalari Toshloq tundra. Temir rudasi, toshko’mir, slyuda, oltin konlari bor.