ALEKSANDRIYA URUSHI

ALEKSANDRIYA URUSHI (miloddan avvalgi 48-47) — Yuliy Tsezar qo’mondonligi ostidagi Rim legionlarinining Misr davlati bilan urushi. Jang harakatlari asosan Aleksandriya shahri atrofida sodir bo’lgan. Pompei ketidan Misrga kelgan Tsezar Kleopatra va uning ukasi Ptolemey Dionis o’rtasidagi sulolaviy kurashga aralashib, Kleopatraga yordam bergan. Nil bo’yidagi jangda (48 yil) rimliklar g’alaba qozonganlar. Kleopatra Misr taxtini egallagan. Aleksandriya urushi Misrni Rimga tobe etish uchun kurashda muhim bosqich bo’lgan.