ALEKSEY MIXAYLOVICH

ALEKSEY MIXAYLOVICH (1629.19.3-1676.29.1) — rus podshosi (1645-76), Romanovlar sulolasining ikkinchi vakili, podsho Mixail Fyodorovich Romanovning o’g’li. Aleksey Mixaylovich davrida Ukraina Rossiyaga qayta qo’shildi, rus cherkovida ajralish sodir bo’lgan. Aleksey Mixaylovich davrida ruslar Turkistonni bosib olishga tayyorgarlik ko’rish maqsadida ayg’oqchilar yubora boshlagan. Xususan B. A. va S. I. Pazuxinlar boshchiligidagi «elchilar» 1669-72 yillarda Buxoro, Balx va Urganchga kelgan. Ular Xiva va Buxoro xonligining ichki va tashki siyosati haqida juda kup ma’lumotlarni olib ketganlar.