ALI AVLODLARI

ALI AVLODLARI — Ali va uning xotini — Fotima (Muhammad payg’ambarning qizi) dan tarqalgan avlodlar. O’rta asr musulmon mamlakatlaridagi ayrim sulolalar — Idrisiylar, fotimiylar, zaydiylar ulardan boshlangan. Marokashdagi alaviylar sulolasi o’zini Ali avlodlari deb hisoblaydi. Ali avlodlari hozirgi vaqtda barcha musulmon mamlakatlarida mavjud. Ali jami 28 farzand ko’rgan, shulardan 11 nafari o’g’il, 17 nafari qiz edi. Fotimadan tarqalgan Ali avlodlari «sayidlar», o’zbeklar orasida «to’ralar» deb ataladi. Alining boshqa xotinlaridan tarqalgan avlodlari «Xo’jalar»ga kiradi.