ALIMOV SHAVKAT ORIFJONOVICH

ALIMOV SHAVKAT ORIFJONOVICH (1945.2.3, Nukus) — matematik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), fizika-matematika, fanlari doktori (1973), professor (1974). Moskva davlat unstituti (MDU) ni tugatgan (1967). MDUda (1974-84) ishlagan, ToshDU kafedra mudiri va O’zbekiston Fanlar Akademiyasi matematika institutida direktor o’rinbosari (1984-85), SamDU (1985-87), ToshDU (1987-89) rektori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri (1990-91), ToshDU kafedra mudiri (1991-94). Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari (1994-95), O’zbekiston Respublikasining XXR dagi favqulodda va Muxtor elchisi (1995-98), Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya untida prorektor (1998 y.dan). Asosiy ilmiy ishlari matematik fizikaning xususiy hosilali differentsial tenglamalari muammolariga, xususan o’zo’ziga qo’shma elliptik operatorlarning spektral nazariyasiga, differentsial va integral tenglamalar muammolariga bag’ishlangan. «Karrali qatorlar va Fure integrallari» monografiyasi Germaniyada («Springer Verlag» nashriyoti) ingliz tilida nashr etilgan (1991). Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).