Geografik zonallik
Geografik zonallik – Yer landshaft qobig`ining asosiy qonuniyatlaridan biri. Geografik zonallik Yerning shar shaklida ekanligi va buning oqibatida Quyosh radiatsiyasining yer yuzida notekis taqsimlanishi, ya’ni ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi oqibatida ro`y beradi. Geografik zonallik landshaftlarning zona va mintaqalar tarzida ekvatordan qutblarga tomon almashinib, borishida namoyon bo`ladi.