Geografik sektorlar
Geografik sektorlar – geografik mintaqalarning Antarktidadan boshqa barcha materiklarda atmosfera sirkulyatsiyasi va namlik aylanishi ta’sirida uch qismga: g`arbiy va sharqiy okean bo`yi qismlariga hamda markaziy – materik ichkarisidagi qismga bo`linishi. Materiklarning dengiz bo`yi sektorida o`rmon landshaftlari ustun tursa, materik ichkarisidagi qismlarida quruq kontinental iqlim ustun turadi. Ba’zi geograflar (chunonchi, F.N Milkov) geografik sektorlarni zonalik spektrlari deb ham ataydilar.