Geografik qobiq, landshaft qobig`i
Geografik qobiq, landshaft qobig`i – Yerning litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar o`zaro tutashadigan hamda bir-biriga ta’sir etadigan qismi. Geografik qobiqning tarkibi va tuzilishi juda murakkab. Geografik qobiqning yuqorigi chegarasi ham, pastki chegarasi ham shartlidir. Geografik qobiq butun gidrosferani, yer po`stining yuqori qismini, atmosferaning quyi qismini (25-30 km qalinlikdagi qatlamni) o`z ichiga oladi. Geografik qobiqning eng qalin qismi 40 km ga yaqin.