ALIXANOV ABRAM ISAAKOVICH

ALIXANOV ABRAM ISAAKOVICH (1904-1970) — fizik olim, akademik (1943). Nazariy va eksperimental fizika instituti asoschisi va direktori (1945 yildan). Ilmiy ishlari atom yadrosi va kosmik nurlar fizikasiga doir. Ukasi Alixanov I. Alixanyan bilan uyg’otilgan yadrolardan elektron-pozitron juftligi chiqish hodisasini kashf qildi va bu juftlikning paydo bo’lish jarayoni krnuniyatlarini o’rganib chiqdi. Alixanov radioaktiv yadrolarning beta-yemirilishini tadqiq qilish uchun beta-spektrometr, kosmik nurlar zarrasi massasi va energiyasini analiz qilish uchun massspektrometrlarni ixtiro qildi. U ixtiro qilgan gomogen atom reaktori atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishda tatbiq etilmoqda. Alixanov rahbarligida sobiq Ittifoqda birinchi marta og’ir suvli yadro reaktori (1949), quvvati 7 Gevgacha bo’lgan qattiq fokuslanuvchi tezlatkich (1961) yaratilgan.