ALISIKLIK BIRIKMALAR

ALISIKLIK BIRIKMALAR – molekulasida bir yoki bir nechta uglerod atomlaridan tuzilgan halqasi yoki halqalar tizimi bo’lgan organik birikmalar. Alisiklik birikmalar bir-biridan halqalarining soni, o’zaro joylashishi, uglerod atomlarini xalqalardagi soni, ularning o’zaro oddiy yoki qo’sh bog’lar orqali bog’lanishi va funktsional guruhlari bilan farq qiladi. Jumladan, mono-, bi-, tri-, politsiklik Alisiklik birikmalar ma’lum. Uglerod atomlarining bog’lanishiga qarab to’yingan va to’yinmagan Alisiklik birikmalar bo’ladi.