ALISIKLIK BIRIKMALAR
ALISIKLIK BIRIKMALAR – molekulasida bir yoki bir nechta uglerod atomlaridan tuzilgan halqasi yoki halqalar tizimi bo’lgan organik birikmalar. Alisiklik birikmalar bir-biridan halqalarining soni, o’zaro joylashishi, uglerod atomlarini xalqalardagi soni, ularning o’zaro oddiy yoki qo’sh bog’lar orqali bog’lanishi va funktsional guruhlari bilan farq qiladi. Jumladan, mono-, bi-, tri-, politsiklik Alisiklik birikmalar ma’lum. Uglerod atomlarining bog’lanishiga qarab to’yingan va to’yinmagan Alisiklik birikmalar bo’ladi.
O‘xshash so‘zlar
- ALITEGIN IBN HUSAYN
- ALITUS
- ALIXANOV ABRAM ISAAKOVICH
- ALIXO’JAYEV
- ALIXONTO’RA SHOKIRXO’JA O’G’LI
- ALIYEV ABAT
- ALIYEV BAXTIYOR TOSHKENTBOYEVICH
- ALIYEV HAYDAR ALIRZA O’G’LI











