Gigrometr

Gigrometr – havodagi suv bug`ining miqdorini aniqlaydigan asbob. Tuzilishi va ishlash prinsipi jihatidan mutlaq, kondensatsion, qilli, psixrometrik va elektr gigrometrlarga bo`linadi. Eng ko`p ishlatiladigan qilli gigrometr yog`sizlangan qil havo namligining o`zgarishi natijasida uzayadi yoki qisqaradi. Uning shkalasi darajalarga bo`lingan.