Granit

Granit (lotincha granum – dona) – otqindi tog` jinsi. Granit yer po`stining chuqur qismida, magmaning butunlay kristallanishidan hosil bo`ladi. Granit tarkibida kvars, kaliyli dala shpati, plagioklaz biotit va qisman amfibol bo`ladi. Granit imorat devorlarini bezash, poydevor, zinapoyalar yasashda, haykaltaroshlikda ishlatiladi.