ALLYUVIAL TEKISLIKLAR
ALLYUVIAL TEKISLIKLAR – doimiy va vaqtli oqar suvlar keltirmalarining er yuzasidagi botiq yoki yassi joylarda cho’kib qolishidan vujudga kelgan tekisliklar. Shag’al, chaqirtosh va qum, qumoq hamda loyqalardan tashkil topadi. Allyuvial tekisliklarning tuproqlari ko’pincha unumdor bo’ladi, dehqonchilik hamda chorvachilikda keng foydalaniladi.