ALSIFER

ALSIFER — alyuminiy — kremniy — temir tizimidagi qotishma. Magnit singdiruvchanlik xossasi yuqori. Alsifer tarkibida 5,4% alyuminiy (A1), 9,6% kremniy (Si) va 85% temir (Fe) bo’ladi. Alsifer magnit jihatidan yumshoq qotishmalar jumlasiga kiradi. Alsiferdan transformator, elektr generatori va elektr dvigatellar o’zagi tayyorlanadi.