ALTRUIZM

ALTRUIZM (Fransuzcha altruisme, lotincha alter — boshqadan) — axloqiy tushuncha, uning negizida boshqa kishilarga xolis xizmat qilish, ularning baxt-saodati uchun o’z shaxsiy manfaatlarini qurbon qilish yotadi. Altruizm terminini falsafaga egoizm tushunchasining ziddi ma’nosida O. Kont kiritgan.