AMBIVALENTLIK
AMBIVALENTLIK (lotincha ambo – ikkala va valentia — kuch) — kishida bir-biriga qarama-qarshi hissiyotning yuzaga kelishi. Masalan, ba’zan kishida ayni bir narsaga nisbatan ham mehr, ham nafrat ifodalanadi. Bunday hissiyotlarning yuzaga kelishi kishiga ta’sir qiladigan hodisa va narsalarning turli-tuman tarzda sodir bo’lishi va boshqa sabablar bilan bog’liqdir.