Amlok
Amlok-katta yer egaligi; mulklar, yer-suv, kishi tasarrufidagi narsa va buyumlar amlok deyilgan; Buxoro amirligida soliqni taqsimlash birligi hisoblangan; XVI-XIX asrlarda Buxoro va Qo’qon xonliklarida feodal yer egaligining bir turi bo’lib, davlat oldidagi xizmatlari uchun shahzodalar, lashkarboshilar va amaldorlarga in’om qilingan yer-suv amlok deyilgan.