GUUAM
GUUAM — mintaqaviy tashkilot (atama tashkilotga a‘zo bo’lgan davlatlar Ruscha nomlari bosh harflarini bildiradi). Unga 1996-yilda Vena shahri (Avstriya Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon va Moldova davlat rahbarlari tomonidan asos solingan. 1999-yil aprelda tashkilotga O’zbekistan ham qo’shildi. Tuzilmaning asosiy maqsadi Osiyo- Kavkaz-Yevropa transport yo‗lagini ishga solish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdir. O’zbekistan ushbu tuzilma tarkibiga kirishi tufayli Turkmanboshi (Turkmaniston) portidan Kaspiy dengizi orqali Bokuga, undan transport yo’li vositasida Gruziya g’arbiy portlariga chiqish va nihoyat, Qora dengiz orqali Bolgariya, Ruminiya, Turkiya, Gretsiya hamda Yevropaning boshqa mamlakatlari bilan savdo qilish, mahsulotlarni kam chiqim bilan xorijiy sheriklarga yetkazib berish imkoniyatidan foydalanadi. GUUAM hech qanday siyosiy yoxud harbiy-siyosiy maqsadlarni ko’zda tutmaydi va hech bir davlatga yoki xalqaro tashkilotga qarshi qaratilgan emas. Tashkilotga a‘zo davlatlar rahbarlarining Yalta (2001-yil iyun) uchrashuvida GUUAM xartiyasi qabul qilindi. GUUAM doirasida yagona axborot makonini, erkin savdo zonasini vujudga keltirish masalalari, transport kommunikasiyasi, savdo-iqtisodiy aloqalar bilan bir qatorda ilm-fan, texnologiya va ijtimoiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari to’g’risida kelishib olingan.