YALPI MILLIY MAHSULOT
YALPI MILLIY MAHSULOT — mamlakatning ma‘lum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy ko’rsatkichlaridan biri. YAMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga kelishidan qat‘i nazar) jami yig‗indisini ko’rsatadi. YAMM milliy hisoblar tizimi asosida hisoblanadi.