YALPI MILLIY MAHSULOT

Ma’nosi

YALPI MILLIY MAHSULOT — mamlakatning ma‘lum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy ko’rsatkichlaridan biri. YAMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga kelishidan qat‘i nazar) jami yig‗indisini ko’rsatadi. YAMM milliy hisoblar tizimi asosida hisoblanadi.

O‘xshash so‘zlar

Y harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar