VITSE-PREZIDENT

VITSE-PREZIDENT — 1) ayrim davlatlarda (AQSH, Lotin Amerikasi mamlakatlari va boshqalar) davlat boshlig’ining o’rinbosari, qoida bo’yicha, prezident bilan bir vaqtda saylanadi. Vitse-prezident odatda maxsus vakolatga ega bo’lmaydi: u prezidentning topshiriqlarini bajaradi, prezident lavozimdan chetlashtirilsa, vafot etsa, iste‘foga chiqsa va h. k. hollarda prezidentning vakolatlari va vazifalari Vitse-prezidentga o’tadi; 2) Turli milliy va xalqaro tashkilotlarda prezident o’rinbosari; 3) Ba‘zi ilmiy muassasalar (akademiya, ilmiy jamiyat va h. k.)da saylab qo’yiladigan lavozim (masalan, O’zbekistan Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti).