VOIZ

VOIZ (arab.) — jamoat oldida nutq so’zlovchi, voizlik bilan shug’ullanuvchi kishi, professional notiq. Voizlar chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrochilik salohiyati (chiroyli va ta‘sirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuz, o’z zamonasi uchun yetakchi tillarni mukammal bilish va boshqalar) ga ega bo’lgan. Musulmon Sharqining yirik olimlari, din arbobi, adib va boshqalar ko’pincha yetuk Voizlar ham bo’lganlar.