Chuhra, (Chehr) og’asi
Chuhra, (Chehr) og’asi-xonning shaxsiy saroy soqchilari (chuhra) boshlig’i. Ba’zan “Chuhraboshi” deb ham yuritilgan. Chuhra og’asi xon saroyida xizmat qilgan. Bu lavozim xon e’tiborini qozongan shaxsgagina berilgan. Xonliklar tugatilgach, chuhra og’asi lavozimi ham barham topgan.