Chuhra, Chehra

Chuhra, Chehra-xon huzurida xizmat qiluvchi mahram. Sharqda xonlarning gvardiyasi (saroy soqchilari) hisoblangan maxsus harbiy qism. Ushbu qismga xizmat qilish uchun zodagon, aslzoda va yuqori tabaqa vakillari farzandlari olingan. Ular xon hokimiyatini saqlash va unga sodiq bo’lish ruhida tarbiyalangan. Chuhra asosan xon qarorgohini qo’riqlagan.