Chuyut

Chuyut-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan urug’lardan biri. Chuyutlar kenagas qabilasi tarkibida Qashqadaryo viloyatining yuqori oqimida yashaganlar. Chuyutlarning kenagas tarkibidagi kichik guruhlari Zarafshon va Farg’ona vodiylarida ham yashaganlar. Chuyutlar o’zbek xalqi tarkibiga kirgan uyshun qabilasi tarkibida ham bo’lganlar.