Choshnigor

Choshnigor-qadimda xon yoki podshoh saroyidagi amaldor shaxs; shoh oilasi oshxonasining boshlig’i. Choshnigor hukmdorni zaharlanishdan saqlash va taom ta’mini bilish maqsadida shohga tortiladigan taomlarni dastlab o’zi tatib ko’rgan. Choshnigorlar Sharq davlatlari, jumladan, O’rta Osiyo xonliklarida ham bo’lgan.