ANDANTE
ANDANTE (italyancha andare — odimlash) — 1) musiqada o’rtacha sekin sur’at; 2) mazkur sur’atda ijro etiladigan musiqa asari (masalan, L. Betxoven — Fanlar Akademiyasi major «Andante favori» si) yoki uning qismi. Simfoniya, kvartet, Sonata va hokazolarning odatda 2 – yoki 3 – qismlari ko’pincha Andante sur’atida bo’ladi. Masalan, M. Tojievning 3-simfoniyasi (3 – qismi), 4 – simfoniyasi (2 – qismi), M. Mahmudovning «Navo» simfoniyasi (1-qismi), Ikrom Akbarovning «Samarqand hikoyalari» (1 – qismi), 1 – kvarteti (2-qismi) va boshqalar. Bularning barchasida Andante atrof qismlar bilan sur’at jihatdan va mazmunan keskin farq hosil qiladi.