Dengiz xalqlari
Dengiz xalqlari-miloddan avvalgi XIII asrda Misr va Xettlar davlatiga bostirib kirgan qabilalar yoki xalqlarning shartli nomi. Bungacha Kichik Osiyo yoki Bolqonda yashashgan deb taxmin qilinadi. Ularning tarkibida quyidagi qabilalar: sherdanlar, tirsenlar, tursha, filistimliklar va chakkal, danunlar, frigiyaliklar, shakalesha, akayvasha (axeyyaliklar), gramantlar, luklar, tevklar bo’lgan. Ilgari misrliklar mamlakatdan shimolda-O’rta yer dengizi havzasida yashovchi o’zlariga notanish xalqlarni shunday atashgan.