Dragunlar
Dragunlar (fransuzcha dragon, lotincha draco-ajdarho so’zidan, Dragunlar bayroqlarida dastlab ajdarho tasviri tushirilgani uchun shunday nom kelib chiqqan)-Yevropa armiyalarida XVII-XX asrlarda otliq qo’shin turi, otliq yoki piyoda safda harakatlanishga mo’ljallangan. Fransiyada XVI asrda paydo bo’lgan. XIX asrda Germaniya, Avstriya, Fransiya va Angliyada otliq qo’shinning katta qismini Dragunlar tashkil etgan.