Dofin

Dofin (fransuzcha dophin)-Fransiyada XIV asr o’rtalaridan 1830 yilgacha taxt vorisi unvoni. Ilk o’rta asrlardan ma’lum. Graf Giga Vyennskiyning gerbida delfin (dauphin) tasviri tushirilgandi va u “Le Dauphin” degan laqab olgan. Unvon shu laqabdan kelib chiqqan. Vyenna graflariga meros tariqasida o’tgan. Ular boshqargan viloyat Dofine nomini olgan. 1349 yili Vyenna Dofinlari unvonni taxt vorislari olishi sharti bilan fransuz qirollariga sotishgan. Fransiyaning 1-Dofini Jan II Oliyjanobning o’g’li karl V hisoblanadi. Unvon 1791 yilgacha saqlangan. 1814 yili qayta tiklanib, 1830 yilgi Iyul inqilobidan so’ng batamom tugatilgan.