Yelkanli flot
Yelkanli flot-yelkanli kemalardan tashkil topgan harbiy-dengiz floti. Eshkakli flotdan Yelkanli flotga o’tish XV asrda boshlangan. XVII asrda Angliya, Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida muntazam Yelkanli flot faoliyat yuritgan. Rossiyada XVIII asr boshlarida, Pyotr I davrida, asos solingan. XIX asr o’rtalaridan, 1853-1856 yillardagi Qrim urushidan so’ng, Yevropaning barcha davlatlari bug’ kemalari qura boshladi. Chunki urush Yelkanli flotning eskirganini ko’rsatdi.